
"Real" ham Pavar uchun kurashda ishtirok etadi
"Shtutgart" klubi himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini La Liga grandi safida davom ettirishi mumkin.
Football Espana nashrining xabar berishicha 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga Madridning "Real" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Qirollik klubi” shundoq ham Evropa grandlarining e’tiboriga tushgan Pavar uchun kurashda o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Pavar joriy mavsum "Shtutgart" safida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar