
"Real" himoyachisi boshqa klubga o‘tdi
“Real” Madrid klubi himoyachisi Teo Ernandes yangi mavsumni “Real Sosedad” tarkibida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra basklar 20 yoshli futbolchini “qirollik klubi”dan 1 yilga ijaraga olishgan. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Teo yangi jamoasida muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tez orada “Sosedad” uni rasman tanishtiradi.
Ma’lumot uchun, “Real” Teo Ernandesni bundan bir yil muqaddam “Alaves”dan sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum madridliklar safida La Ligada jami 13ta o‘yinda ishtirok etgan va 1ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar