
"Real" muxlislari uchun xushxabar: Marselo El-Klasikoda maydonga tusha oladi
Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo La Liganing bo‘lajak – 10-turida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan El-Klasikoda ishtirok eta oladi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchining kuni kecha Chempionlar ligasi doirasida “Viktoriya”ga qarshi bahsda olgan jarohati u qadar jiddiy bo‘lib chiqmadi. Shu bois u “Kamp Nou”dagi o‘yinda maydonga tusha oladi.
Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “Real” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar