
"Real" qishda APLning ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi qishki transferlar davrida ikkita yirik xaridni amalga oshirmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi”ning e’tibori "Tottenxem" xavbeki Kristian Eriksen hamda "Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshfordlarga tushgan. Madridliklar ushbu ikki APL yulduzi uchun 100 mln evrodan ortiqroq mablag‘ sarflashga tayyor.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli daniyalik futbolchi joriy mavsum “shporlar” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning taxminiy transfer bahosi esa 80 mln evroni tashkil etadi.
21 yoshli angliyalik futbolchi esa joriy mavsum MYu safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatmaga yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning taxminiy transfer bahosi esa 65 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar