
"Real" qishda "Bavariya"ning etakchi himoyachisini sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Bavariya"ning etakchi himoyachilaridan biri hisoblangan David Alabaning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirolli klubi” 26 yoshli avstriyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Alaba joriy mavsum “Bavariya” safida jami 8ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar