"Real" yozda Ikardini sotib olishga yana bir bor urunib ko‘rmoqchi
Madridning "Real" klubi hamon "Inter" forvardi Mauro Ikardini sotib olish fikridan qaytmayapti.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 25 yoshli argentinalik to‘purarni kelasi yoz sotib olishga urunib ko‘rmoqchi. Uning “neradzurrilar” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 110 mln evroni tashkil etadi. Ammo, bu har kalendar yilining 1 iyulidan 15 iyuliga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Ikardi asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Inter” safiga 2013 yil “Sampdoriya”dan ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsum milanliklar safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 12 marta ishg‘ol qildi.



Fikrlar