
"Real"da mojaro: 7 futbolchi Ronalduga qarshi bosh ko‘tardi
Ispaniya chempionatida chempionlikka da’vogarlik qilayotgan "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsum yakuniga yaqin murakkab ahvolda qoldi.
Gap shundaki, jamoa etakchisi Krishtianu Ronaldu avvalgidek sermahsul o‘yin ko‘rsatmayotgan bo‘lsa-da, muntazam asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. Bu boshqa o‘yinchilarga yomayapti.
"Real" futbolchilaridan etti nafari - Garet Beyl, Toni Kroos, Luka Modrich, Alvaro Morata, Marko Asensio, Mateo Kovachich va Lukas Vaskes bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan uchrashib, tarkib tanlashda jamoadagi mavqeiga qarab emas, balki har jihatdan iayyor futbolchilarni maydonga tushirishni so‘radi. Ular Krishtianu Ronaldu zaxiraga o‘tqazilishini talab qilishmoqda.
Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda 26 ta gol urdi.
Fikrlar