"Real"ning g‘alabali yurishiga chek qo‘yildi

  • 16 avgust, 2018, 10:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Real” UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan bahsda hamshahari “Atletiko”ga (2:4) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

E’tiborlisi, “qirollik klubi” xalqaro kubok uchun o‘tkazilgan o‘yinlarda so‘nggi 18 yil ichida ilk marta mag‘lub bo‘ldi. Madridliklar so‘nggi marta 2000 yilning noyabrida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida Argentinaning “Boka Xuniors” (1:2) klubiga yutqazib qo‘yishgan edi.

Shundan buyon “Real” o‘zi ishtirok etgan kubok finallarida ketma-ket 13 marta g‘alaba qozonib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!