Riberi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

  • 24 dekabr, 2018, 09:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Bavariya" vingeri Frank Riberiga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra turk klubi 35 yoshli frantsiyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq o‘z safisha qo‘shib olmoqchi. Ammo, buning uchun Riberi myunxenliklar bilan mavsum yakuniga qadar tuzilgan shartnomasini muddatidan avval bekor qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki, “Galatasaroy” uning transferi uchun “Bavariya”ga pul to‘lamoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, “Galatasaroy” Riberi uchun begona emas. Boisi, u 2005 yilda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Ma’lumot uchun, Riberi joriy mavsum “Bavariya” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!