
"Roma" o‘ziga zo‘r futbolchi topdi
"Atalanta" klubi yarim himoyachisi Frank Kessi tez orada "Roma" safini to‘ldirishi mumkin.
Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha ushbu transfer rimliklar uchun tahminan 30 mln evroga tushadi. Xabarlarga qaraganda "Roma"ning ispaniyalik sport direktori Monchi Milanda "Atalanta" rahbarlari bilan uchrashgan va bu boradan kelishib olgan. Endi faqat futbolchini ko‘ndirish masalasi qoldi holos.
"Roma" Kessiga yiliga bonuslardan tashqari 1,2 mln evro maosh taklif qilmoqda. Futbolchining o‘zi esa 2 mln evro olishni istayapti.
Ma’lumot uchun, "yangi Yaya Ture" deb e’tirof etilayotgan 20 yoshli Kessi joriy mavsum A Seriyaning 27ta turida maydonga tushib raqiblari darvozasini 7 marta aniq nishonga olgan bo‘lsa, yana 4 marta sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan.
Fikrlar