
"Roma" yozda "Manchester Siti" futbolchisini sotib olishga urunib ko‘radi
Italiyaning "Napoli" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenkoning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ukrainalik futbolchi neapolliklarning yozgi transferlar davridagi asosiy transfer nishoniga aylangan.
Eslatib o‘tish lozimki “Napoli” Zinchenkoni o‘tgan yilning yozidayoq sotib olishga urunib ko‘rgan edi. Ammo, u “shaharliklar” safida qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Zinchenko joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar