Ronaldu – Messi qarama-qarshiligi EChLda
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Krishtianu Ronaldu "Yuventus" o‘yiniga kirishib ketish uchun harakat qilayotgan bir vaqtda EChLda "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olib, o‘z ishini og‘irlashtirdi.
Bu esa Messining EChLdagi gollar soni bo‘yicha, portugaliyalik futbolchiga etib olish uchun qulay imkoniyatni taqdim etdi.
Zamonamizning ikki eng kuchli futbolchisi EChLdagi gollar sonini musobaqaning sobiq to‘purari Raulnikidan (77 ta gol) 2014/15 yilgi mavsumda oshirib tashlashgan edi.
Shundan so‘ng Ronaldu ketma-ket gollar urib, Messidan ancha o‘zib ketdi. U hozir EChLda urilgan gollar soni bo‘yicha ham (120-105), evrokuboklardagi gollar soni (123-108) bo‘yicha ham azaliy raqibidan oldinda.
• Biz esa ushbu ikkovlonning EChLda kiritgan gollarini tahlil qilib chiqamiz.Shu yilning 14 fevralida PSJ darvozasini ishg‘ol etish orqali Ronaldu EChLda bir klub safida 100 ta gol urgan dastlabki futbolchi bo‘ldi
• Messi esa bu marraga bir oydan so‘ng - "Chelsi"ga qarshi o‘yinda erishdi
• Messi gol urgan o‘yinlarda uning jamoasi faqatgina 3 marta mag‘lub bo‘lgan ekan
• Ronaldu etti mavsumdan beri EChLda 10 ta va undan ko‘p gol urib kelmoqda
• Krishtianu EChLdagi 34 o‘yinida bittadan ko‘p gol urgan
• Ammo xet-triklar soni Leoda ko‘proq ekan - 8:7
• Ishonishingiz qiyin, ammo Ronaldu evrokuboklarda o‘zining 30-o‘yiniga kelibgina gol urgan
• Krishtianu EChL pley-off bosqichida 50 ta gol kiritgan dastlabki futbolchi sanaladi
• Portugaliyalik futbolchi EChLning 3 ta finalida gol kiritgan yagona futbolchi
• Ronaldu EChLdagi qatorasiga 11 o‘yinda gol kiritgan yagona futbolchi
• Guruh bosqichida urilgan gollar soni Messi ko‘proq - 65:60
• Ronalduga EChLda 100 ta gol kiritish uchun 144 ta, Messiga esa 123 ta o‘yin kifoya qilgan.
Ana shunaqa. Voqealar rivoji keskinlashishi kutilmoqda. Zero Ronaldu 3-turda "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin va balki, "Old Trafford"da gol kiritish portugaliyalik yulduzga yana nasib etar. Nima dedingiz?

Fikrlar