Ronaldu: “Malaga” bilan o‘yin qiyin kechishini bilamiz

  • 18 may, 2017, 10:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu kecha bo‘lib o‘tgan “Selta”ga (1:4) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikralarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Ajoyib o‘yin. Bugun biz juda yaxshi o‘ynadik. Lekin, “Malaga” bilan bo‘ladigan o‘yin juda qiyin kechishi aniq. Biz buni tushunib turibmiz. Ular o‘z maydonida juda kuchli o‘yin namoyish etishadi. Shuning uchun ham biz bu uchrashuvga faqat g‘alaba uchun boramiz.

Shu kuni bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi va bu bizning asosiy maqsadimiz. Biz bilamiz “Malaga” qanday kuchga ega ekanligini. Ammo, biz Madridning “Real”imiz. Biz hammadan zo‘rmiz va ushbu sovrinni qo‘lga kiritishni istaymiz”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!