Ronaldu PSJga o‘tib ketishni istayotgani ma’lum qilindi
“Real Madrid” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilib bo‘ldi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik 32 yoshli futbolchi Frantsiyaning PSJ jamoasi a’zosiga aylanishni istamoqda. Sababi, parijliklar unga katta miqdordagi maosh to‘lay oladi.
Ronaldu Rossiyada davom etayotgan Konfederatsiyalar Kubogi–2017 turniridan keyin “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, o‘z niyati haqida e’lon qilmoqchi.
Qayd etish kerakki, PSJ Krishtianu Ronalduning transferi uchun 100–150 million evrodan voz kechishga tayyor.

Fikrlar