Ronaldu: "Yuventus" - men o‘ynagan eng zo‘r jamoa

  • 10.12.2018 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu Turin super klubi va “Real” Madridni o‘zaro taqqosladi.

“Yuventus”da qaysi futbolchi meni hayron qoldirdi? Kimnidir alohida tilga olishim adolatsizlik bo‘ladi, biroq aytishim mumkinki “Yuve” men o‘ynagan eng zo‘r jamoa. Bu erda biz bir jamoamiz. Boshqa jamoalarda shunday: hamma o‘zini boshqalardan zo‘r deb hisoblaydi. Ammo bu erda barcha futbolchilar bir hil darajada. Ular juda kamtarin va faqat g‘alaba qozonishni xohlashadi. Madridda ham futbolchilar kamtar edi...Lekin bu erda bu narsani yaxshiroq his qilyapman. “Yuventus” “Real”dan farq qiladi, u ko‘proq oilaga o‘xshaydi”, - deydi 33 yoshli portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real” Madridda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!