Ronaldu "Yuventus"da Kroosni ko‘rmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoasida "Real"dagi sobiq sherigi Toni Kroosni ko‘rmoqchi.
Goal nashrining xabar berishicha 33 yoshli portugaliyalik “keksa sinora” rahbariyatidan germaniyalik futbolchini sotib olishni so‘ragan. Ta’kidlash kerakki, Ronaldu va Kroos “qirolli klubi” safida 4 yil (2014-2018) birga to‘p surishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu “Yuventus”da “Real”dagi boshqa bir jamoadoshi Marseloni ham ko‘rishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar