
Ronaldu eng zo‘r futbolchi!
Portugaliya terma jamoasi va "Real" klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu shaxsiy sovrinlarini yana bittaga ko‘paytirib oldi.
32 yoshli hujumchi Portugaliyaning 2016 yildagi eng zo‘r futbolchisi deb topildi. Ronaldu o‘tgan mavsumda Evropa chempionlar ligasi va Evropa chempionatida g‘olib chiqdi. Bundan tashqari "Oltin to‘p" va FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini ham qo‘lga kiritdi.
Portugaliyaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrini "Bavariya"ning 19 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Renatu Sancheshga nasib etdi.
Portugaliya terma jamoasini Evropa chempioniga aylantirgan bosh murabbiy Fernandu Santush eng yaxshi murabbiy nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Fikrlar