Ronalduning ketgani "Real" muxlislari sonini ham kamaytirib yubordimi?
Kecha Ispaniya La Ligasining 1-turi doirasida Madridda bo‘lib o‘tgan "Real" va "Xetafe" (2:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga jami 48 466 ishqiboz tashrif buyurdi.
E’tiborlisi, bu 2008/09 yilgi mavsumdan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatgich bo‘ldi. O‘shanda Xuande Ramos boshchiligidagi “Real” o‘z maydonida “Malorka”ga (1:3) imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Aytish lozimki, ushbu bahs “qirollik klubi”ning ko‘p yillik etakchisi Krishtianu Ronaldu jamoadan ketgach "Santyago Bernabeu"da o‘tkazgan ilk uchrashuv edi.

Fikrlar