Rossiya kubogi. Denisovning jamoasi turnirni tark etdi, Shomurodovniki esa...

  • 1 noyabr, 2018, 23:14
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" jamoasi o‘z maydonida "Krasnodar" bilan kuch sinashdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Vitaliy uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 104-daqiqada zaxiraga olindi.

Eldor Shomurodov to‘p tepadigan "Rostov" esa "Zenit" ustidan 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shomurodov o‘yin so‘nggida zaxiradan maydonga tushdi.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!