Ro‘ziqul Berdiev g‘alaba boy berilgach nimalar dedi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bugun ikki bo‘limda  ikki xil o‘yinga guvoh bo‘ldik. Birinchi bo‘limda ikkita gol farqi bilan oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo‘limda yigitlarga ta’kidlagan edimki, o‘yinni aslo bo‘shashtirmaslik kerakligini. “AGMK” jamoasi so‘nggi daqiqalargacha kurashadigan jamoa hisoblanadi. Qolaversa, Farg‘onada bo‘lib o‘yin haqida ham gapirgan edim, “AGMK” o‘sha o‘yinda 10 kishi bo‘lib, duranggga erishgan edi. Ikkinchi bo‘limdagi sust harakatlarimiz bugungi durangga asosiy sabab bo‘ldi. Afsuski, tayyor g‘alabani qo‘limizdan chiqarib qo‘ydik. Albatta bugun aksariyat futbolchilarimizda toliqish ham sezildi. O‘zlaringizga ma’lum, ko‘plab o‘yinchilarimiz terma jamoalarimiz safida to‘p tepishdi, yana uzoq yo‘l, bularning hammasi o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun ikkinchi bo‘limda yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatish ularga qiyin bo‘ldi. Asosan mana shular bugungi durangga sabab bo‘ldi.

Men fursatdan foydalanib, bizni mavsum davomida, har qanday holatmizda yaqindan qo‘llab-quvvatlagan jonkuyar muxlislarimizga o‘zim nomimdan, futbolchilarimiz nomidan kattadan-katta tashakkurlar bildiraman. Biz uchun bu yil qiyin mavsum bo‘ldi. Yilni yaxshi boshlagan edik, OChLda ishtirok etdik.  Jamoamizdagi katta yo‘qotishlar, bizning yuqori o‘rinlarda yurishimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. O‘yinlarimizda pasayishlar bo‘ldi. Shunday holatda ham biz bilan birga bo‘lgan, bizga ishongan muxlislarimizdan juda minnatdormiz. Bu bizga katta dalda va kuch bag‘ishladi. Sizlarga katta rahmat aziz muxlislar!

Maqsud Karimov haqida ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz uchun juda qadrli bo‘lgan futbolchimizdan juda minnatdormiz. U ancha yil jamoamiz tarkibida to‘p tepdi. Klubimizga o‘z  umrining eng navqiron va jo‘shqin vaqtlarini berdi. Yutuqlarimizga salmoqli hissasini qo‘shdi. Biz murabbiylarga yaqin ko‘makchi bo‘ldi. Karimov nafaqat etakchi futbolchimiz, balki yaqin insonimiz sifatida hammamiz uchun qadrlidir. Shu o‘rinda klubimiz rahbariyatiga taklif bildirib qolardim, imkon bo‘lsa, Maqsud Karimovni jamoamizda olib qolish kerak, unga bironta ish berish kerak. U o‘ziga yuklatilgan har qanday ishni uddalay olishiga ishonaman, jumladan murabbiylikni ham. Undan yaxshigina murabbiy chiqadi. Biz Maqsud Karimovdan juda minnatdormiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!