Rugani "Yuventus"ni tark etmaydi
“Yuventus” klubi himoyachisi Daniele Rugani qishki transferlar mavsumida boshqa jamoaga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda futbolchining agenti David Torkia ma’lum qilgan.
– “Yuventus” Ruganini transferga qo‘ymaydi. Mijozim klubda qoladi, – deydi Torkia.
Eslatib o‘tamiz, ushbu futbolchining xizmatlariga Londonning “Chelsi” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Fikrlar