Runi Angliya terma jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvini 15 noyabr kuni o‘tkazadi

  • 04.11.2018 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQShning "Di Si Yunayted" klubi forvardi Ueyn Runi Angliya terma jamoasida o‘zining xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli futbolchi 15 noyabr kuni Angliyaning AQShga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi va bu uning terma jamoa safidagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Runi Angliya terma jamoasidagi faoliyatini 2016 yil yakunlagan edi. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoa safida jami 119ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 53ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!