Sabina Sharipova go‘zal tennischilar ro‘yxatida nechanchi?
Xotin-qizlar tennis uyushmasi - WTA yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra kuchli yigirmalikda o‘zgarish kutilmadi.
Unda ruminiyalik Simona Xalep 6175 ochko bilan birinchi pog‘onada bormoqda. Ispaniyalik Garbin Mugurusa 6135 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 6015 ochko jamg‘argan daniyalik Karolin Voznyaski dunyoning uchinchi raqamli tennischisi bo‘lib turibdi.
Umidli tennischimiz Sabina Sharipova jadvalda 163 pog‘onada borayotgan bo‘lsa, rossiyalik Mariya Sharapova 60 o‘rinni egallagan.
WTA Reytingi. 2017 yil 11 dekabr kuchli yigirmalik:
- (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 6175 ochko
- (2) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 6135
- (3) Karolin Voznyatski (Daniya) - 6015
- (4) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5730
- (5) Vinus Uilyams (AQSh) - 5597
- (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 5500
- (7) Elena Ostapenko (Latviya) - 5010
- (8) Karolin Garsiya (Frantsiya) - 4385
- (9) Yoxanna Konta (Buyukbritaniya) - 3610
- (10) Koko Vandevege (AQSh) - 3258
- (11) Kristina Mladenovich (Frantsiya) - 2935
- (12) Svetlana Kuznetsova (Rossiya) - 2856
- (13) Sloan Stivens (AQSh) - 2802
- (14) Yuliya Gyorges (Germaniya) - 2655
- (15) Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) - 2485

Fikrlar