Sanjar Tursunovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

  • 27 dekabr, 2016, 11:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainaning “Vorskla” klubidagi yorqin o‘yinlari bilan nafaqat O‘zbekistonda balki, Ukrainada ham sevimli futbolchilardan biriga aylangan Sanjar Tursunov faoliyatini yana Qatarda davom ettiradigan bo‘ldi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Umm Salal” safida o‘tkazgan 30 yoshli Tursunov bu safar “Al Xaritiyat” jamoasi bilan shartnoma tuzdi.

Sanjar Tursunov

Xo‘sh, Tursunovning yangi jamoasi haqida nimalarni bilasiz?

Klub tarixi

“Al Xaritiyat” jamoasi 1996 yilda “Al Ahli” nomi ostida tashkil etilgan. Hozirgi nomini esa 2004 yilning 19 oktyabr sanasida olgan. Laqabi – “chaqmoqlar”. Jamoa odatda ko‘k-oq rangli liboslarda to‘p suradi. “Al-Xaritiyat” Doxa shahri sharafini himoya etadi.

Tursunovning yangi jamoasi uy uchrashuvlarini 12 ming kishiga mo‘ljallangan “Al Xor” stadionida o‘tkazib keladi. Klub 2004 yil nufuzi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi Ikkikchi divizionda g‘olib chiqadi. “Al Xaritiyat” 2008 yildan buyon Qatar Yulduzlar ligasida ishtirok etib keladi va 2012 yilgi mavsumda mamlakat vitse-chempioniga aylangan. O‘tgan mavsumni jamoa chempionatda 14 jamoa orasida 12 o‘rin bilan kifoyalanishdi.

Tursunov yangi jamoasida kimlar bilan to‘p suradi?

Sanjar Tursunov

Qatar Yulduzlar ligasida legionerlarga xuddi O‘zbekistondagi singari 3+1 ko‘rinishdagi cheklov qo‘yilgan, biroq barchamizga yaxshi ma’lumki Qatarda “mahalliylashtirish dasturi” amal qiladi. Jamoaning bosh yulduzi kongolik Jeremi Bokilyadir.

Kongo Demokratik Respublikasida tug‘ilgan hujumchi bu mavsumda mahsuldorlik bobida sheriklariga o‘rnak bo‘lmoqda. Bundan tashqari esa yurtdoshlarimizga yaxshi tanish bo‘lgan Jaralla Al Marri ham faoliyatini “Al Xaritiyat”da davom ettirmoqda.

Murabbiy

Odatda barcha arab jamoalari murabbiylarni tez-tez almashtirishlari bilan ajralib turadi, jumladan “Al Xaritiyat” ham. Bugungi kunda “chaqmoqlar”ga tunislik Ahmad Al Ajlani murabbiylik qilib kelmoqda.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!