
Sarriga kerak bo‘lmagan futbolchi "Chelsi"dan ketishi mumkin
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Deniel Drinkuoter bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda 28 yoshli futbolchi “aristokratlar”ning yangi ustozi Mauritsio Sarrining rejalariga kirmaydi. Shu bois londonliklar Evropada transfer bozori rasman yopilgunicha u bilan xayrlashishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Drinkuoter o‘tgan mavsum “Chelsi” safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar