"Sautgempton" forvardi 279 kunlik golsiz seriyasiga barham berdi
"Sautgempton" hujumchisi Sheyn Long bugun APLning 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Lester"ga (2:1) qarshi o‘yinda gol urib jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Squawka nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shu tariqa 31 yoshli irlandiyalik futbolchi o‘zining 279 kunlik golsiz seriyasiga barham berdi. U o‘zining so‘nggi golini o‘tgan 2018 yilning 8 aprelida “Arsenal"ga qarshi o‘yinda kiritgan edi.
Ma’lumot uchnu, Long joriy mavsum “Sautgempton” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar