Saviola: Umid qilamanki Messi Argentina terma jamoasida to‘p surishda davom etadi
Argentinalik sobiq hujumchi Xaver Saviola terma jamoadagi sobiq jamoadoshi Lionel Messining JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng ham “albasetlar” safida to‘p surishda davom etishiga umid qilmoqda.
“Biz barchamiz uning qarorini xurmat qilamiz va umid qilamizki u terma jamoada o‘ynashda davom etadi. Chunki, Leo – sayyoramizning eng kuchli futbolchisi. Barcha argentinaliklar uning terma jamoada o‘ynab, keyingi mundialga ham borishini va g‘olib bo‘lishini istamoqda.
Messi – mening sobiq jamoadoshim va eng yaqin do‘stim. Shu sabab unga barcha ezgu tilaklarimni bildiraman”, - deydi Saviola.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCh-2018ning nimchorak finalida Frantsiyaga (4:3) imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Fikrlar