Server Ibragimov Tokio 2020 Paralimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda Janubiy Koreyaning Chonju shahrida paralimpiyaning o‘q otish turi  bo‘yicha Jahon Chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqada dunyoning 25 mamlakatidan 50 nafardan ortiq sportchi kuch sinashmoqda.

Ushbu musobaqada hamyurtlarimizdan  Server Ibragimov ham ishtirok etmoqda. Xususan vakilimiz 10 metrga pistoletdan otish bahslarining final bosqichida 236.8 natija qayd etdi va kumush medal sohibiga aylanib, hamyurtlarimiz orasida birinchilardan bo‘lib 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, oltin medal 237.2 ko‘rsatkichni qayd etgan xitoylik  Yang Chaoga nasib etgan bo‘lsa, bronza medalini uning hamyurti Xuan Xing (215.0) qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!