
"Shalke" klubi Tedesko bilan shartnomasini uzaytirdi
"Shalke" klubi bosh murabbiy Domeniko Tedesko bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy veb-sayti xabar berishicha, yangi shartnoma bo‘yicha 32 yoshli mutaxassis 2022 yilga qadar jamoada ish yuritadi.
- Bu erda men o‘zimni o‘z uyimdagidek his etaman. "Shalke" bilan bo‘lganimdan xursandman, - dedi Tedesko.
Ma’lumot uchun, Domeniko "Shalke"ni o‘tgan mavsum boshqarishni boshladi va Germaniya chempionatini ikkinchi o‘rin bilan yakunladi.
Fikrlar