
Shamsiddin Jahon chempionini mot qildi (foto)
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida sensatsiya yuz berdi. Rapid yo‘nalishidagi bahslarning ikkinchi raundida o‘zbekistonlik 16 yoshli shaxmatchi Shamsiddin Vohidov norvegiyalik grossmeyter, amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alabaga erishdi.
Turnirga birinchi raqam ostida saralangan Karlsen turnirga 188-raqamda saralangan yosh raqibi bilan bahsda 22-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.
U bu vaziyatda figuralaridan birini berishga majbur edi va u farzinini qurbon qildi. Shamsiddin esa o‘z ustunligidan unumli foydalandi va raqibni 36-yurishda taslim bo‘lishga majbur qildi.
Manba:kun.uz
Fikrlar