Shifokorlar Ronaldoga noto‘g‘ri tashxis qo‘yishgani ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi safida ikki karra jahon chempioni Ronaldo shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu holat bo‘yicha futbolchining o‘zi jurnalistlarga murojaat qilib, doktorlarning noto‘g‘ri tashxis qo‘yganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, futbolchi pnevmoniya (zotiljam) emas, balki tumov (gripp) bo‘lganligi aniqlangan.

Sobiq futbolchi 10 avgust kuni Ibitsa (Ispaniya) orolidagi shifoxonalarning biriga yotqizilgan. Diario de Ibiza nashri xabariga ko‘ra, unga o‘sha vaqtda "pnevmoniya" tashxisi qo‘yilgan.

Do‘stlar, menda kuchli tumov (gripp) ekan. Juma kuni shifoxonaga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi, ammo hammasi joyida. Ertaga meni bu erdan chiqarishadi va uyga ketaman. Barchaga qo‘llab-quvvatlagani uchun raxmat, – deb yozadi Ronaldo o‘zining Twitter sahifasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!