Shou yozda MYudan ketishga qaror qildi

  • 19 mart, 2018, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Lyuk Shou joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Tecno

Times nashrining yozishicha 22 yoshli angliyalik futbolchi o‘zining jamoadagi holatidan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa, o‘tgan dam olish kunlari Angliya kubogi chorak finalida "Brayton"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda Joze Mourinyu uni birinchi bo‘limdan so‘ng zahiraga olgani yanada g‘azablantirdi.

Ta’kidlash lozimki, joriy mavsum asosiy tarkibga kira olmayotgan Shouning MYu bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Shou bu mavsum premer-ligada bor yo‘g‘i 7ta uchrashuvda maydonga tushgan holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!