
Shuhrat Muhammadiev va Sadriddin Abdullaev “Obod” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborishadi
Oldinroq xabar berganimizdek, “Lokomotiv” jamoasi a’zolari Shuhrat Muhammadiev va Sadriddin Abdullaev jarohat olishgandi. Shu tufayli har ikki futbolchi ham “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishgandi.
Bugun “Lokomotiv” “Obod” bilan bahs olib boradi. Lekin ushbu ikki futbolchi mazkur uchrashuvda ham jamoamizga yordam bera olishmaydi. Son orqa mushagi cho‘zilgan ikkala futbolchimiz ham ayni damda yakka tartibda shug‘ullanishmoqda. Biroq ular hali umumiy guruh mashg‘ulotlarida qatnashishni boshlashmadi.
Fikrlar