
Simeone "Atletiko"ga Vidalni olib kelmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone "Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidalni o‘z jamoasi safida ko‘rmoqchi.
Ispan OAVlari tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli chililik futbolchi “matraschilar”ning yozgi transferlar davridagi asosiy nishoniga aylangan. Ta’kidlash lozimki, bundan avvalqro Vidalga Italiyaning “Napoli” klubi ham kurash boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Vidal o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar