
Simona Xalep Sidneyga etib keldi
Joriy yilning 7-12 yanvar kunlari Avstraliyaning Sidney shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan "Premier" turkumiga kiruvchi "Sydney International" turniri o‘tkaziladi.
Ruminiyalik dunyoning birinchi raqamli tennischisi Simona Xalep sovrin jamg‘armasi 823.000 AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada ishtirok etish uchun Sidneyga etib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Xalep sentyabr oyidan beri hali musobaqalarda ishtirok etmadi. U so‘nggi bora Pekin shahrida o‘tgan musobaqada qatnashib, umurtqasidan jarohat olgan edi.
Fikrlar