
Smolov hafta so‘nggiga qadar Denisovning jamoadoshiga aylanadi
“Krasnodar” klubi forvardi Fyodor Smolov yaqin kunlar ichida hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv”ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda «Sport-Ekspress» nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli Rossiya terma jamoasi a’zosi joriy hafta so‘nggiga qadar “temiryo‘lchilar” bilan shartnoma imzolaydi. Ayni damga kelib esa har ikkala jamoa rahbariyati bu borada o‘zaro kelishuvga erishib bo‘lishgan.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “Loko” Smolovning transferi uchun “Krasnodar”ga 9 million evro to‘laydi va u bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.
Fikrlar