
"So‘g‘diyona" xujumchisi UEFA Millatlar ligasida ishtirok etish uchun terma jamoa ixtiyoriga jo‘nab ketdi
FIFA kunlari sababli bir qator futbolchilar o‘z milliy terma jamoalaridan chaqiruv olmoqda.
Jumladan "So‘g‘diyona" xujumchisi Sernas Darvidas ham Litva terma jamoasidan chaqiruv oldi. U UEFA millatlar ligasi bahslari doirasida 17 noyabr kuni Ruminiya – Litva va 20 noyabr kuni Serbiya - Litva o‘yinlariga ishtirok etadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Futbolchi “Neftchi” ga qarshi bahsdan so‘ng yig‘inda ishtirok etish uchun o‘z yurtiga jo‘nab ketadi.
Fikrlar