Spaletti futboldagi Muhammad Ali kimligini aytdi

Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyi Luchiano Spaletti kecha bo‘lib o‘tgan Italiya kubogining chorak final o‘yinidan so‘ng jamoa sardori Franchesko Totti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Totti maydonda mashg‘ulot o‘tkazayotganda huddi ro‘paramda Muhammad Ali turgandek tuyuladi. Odatda e to‘pga shunday zarba beradiki, raqib darvozaboniga hech qanday imkon qolmaydi”, - deydi Spaletti o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Totti kecha bo‘lib o‘tgan Italiya kubogining chorak finalida hal qiluvchi golni urib, jamoasini yarim finalga olib chiqqan edi.

Comments

You must be logged in to commet!