“Stok Siti” o‘z safiga “Liverpul”ning sobiq futbolchisini qo‘shib oldi
"Xaddersfild" klubi xavbeki Tom Ins faoliyatini "Stok Siti"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan, “Stok Siti” esa ushbu transfer uchun 11 mln evro sarflagan.
Eslatib o‘tamiz, “Stok Siti” o‘tgan mavsum premer-ligada muvaffaqiyatsizlikka uchragan va kuchlilar safini tark etgan edi.
Ma’lumot uchun, Ins o‘tgan mavsum "Xaddersfild" safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Ta’kidlash kerakki, Tom Ins faoliyati davomida "Liverpul", "Notts Kaunti", "Blekpul", "Kristal Pelas", "Xall Siti", "Nottingem Forest" hamda "Derbi Kaunti" klublarida ham to‘p surgan.



Fikrlar