Tamom! Rabo yozda "Barselona"ga o‘tadi

  • 20.11.2018 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo o‘zining kelajak faoliyati borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha 23 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanishi bilan, aniqrog‘i parijliklar bilan shartnomasi nihoyasiga etgach jamoasining o‘zgartiradi. Rabo yozda “Barselona”ga o‘tmoqchi. U bu borada kataloniyaliklarga o‘z roziligini ham bildirgan.

Aytish lozimki, Frantsiya terma jamoasi a’zosi shu tariqa “Barselona”ga mutlaqo tekinga tushadi.

Ma’lumot uchun, Rabo asli PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoaning asosiy tarkibida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Rabo o‘tgan davr mobaynida jami 223ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 23ta gol hamda 16ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!