Tennischilarimiz Rossiya vakillari bilan to‘qnashmoqda
Qozog‘istondagi "Fyuchers" turnirining saralash bellashuvlarida Said’alo Saidkarimov va Sharobiddin Abzalov ilk g‘alabalariga erishdi.
Birinchi davra rossiyalik Ilgar Akchurinni 7:6, 6:4 hisobidak mag‘lub etgan Saida’lo asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi bahsda Rossiyaning yana bir vakili Vladimir Polyakov bilan bellashadi.
Sharobiddin Abzalov esa birinchi urinishda mezbonlar vakili Evgeniy Danilovni 6:2, 6:1 hisobida taslim qildi va u ham hal qiluvchi o‘yinda rossiyalik tennischi Maksim Ratnyukka qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar