
Toshkent shahri xalqaro marafonga mezbonlik qiladi
Shu munosabat bilan ayni paytda Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) vakillari poytaxtimizda bo‘lib turishibdi. Ishchi guruh tomonidan xalqaro marafon trassasini o‘lchash jarayonlari olib borilmoqda. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, xalqaro marafon tashkil qilish uchun yugurish trassasining dengiz sathidan balandligi, masofa, yo‘l tekisligi va boshqa standartlar hisobga olinadi. Ana shu jihatlar to‘g‘ri kelgan taqdirda Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi tomonidan mazkur trassaga marafon o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikat taqdim etiladi. Toshkent mezbonlik qiladigan marafon 21 095 metr masofa bo‘yicha tashkil qilinishi rejalashtirilmoqda. Qayd etish lozimki, bunday darajadagi xalqaro marafon yurtimizda ilk marotaba bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar