
"Tottenxem" etakchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytiradi
Londonning "Tottenxem" klubi o‘zining belgiyalik himoyachisi Yan Vertongen bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra tomonlar 2020 yilning yozigacha hamkorlikni uzaytirishlari mumkin. Eslatib o‘tish lozimki, 31 yoshli futbolchining “shporlar” bilan amaldagi kelishuvi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, Vertongen "Tottenxem" safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 256ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan.
Fikrlar