Tuxel PSJga Chempionlar ligasida nima etishmayotganini aytdi

  • 17.09.2018 18:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning fikricha parijliklarga Chempionlar ligasida o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmayapti.

“Real” har doim xuddi Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga ishonchi komildek o‘ynaydi. Ularda katta o‘yinlarda qanday qilib g‘alaba qozonishni biladigan avlod bor. Ular bosimni qanday engib o‘tishni bilishadi. “Real” o‘tgan mavsum dastlab chorak finalda, keyin esa yarim finalda qolib ketadigandek edi. Oxir oqibat esa ular Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishdi. Bu men PSJ bilan erishmoqchi bo‘lgan narsam. Balkim buning uchun bizda xuddi “Real”dagidek o‘ziga bo‘lgan ishonch etishmayotgandir”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, “Real” so‘nggi 3ta EChLda ketma-ket g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!