
Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi chempionlik jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Boks bo‘yicha super og‘ir vazan toifasining WBC chempionlik kamari sohibi Deontey Uaylder va sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o‘rtasidagi jang muzokaralari bir oydan beri davom etmoqda.
Endi bu jangning sanasi va joyiga aniqlik kiritildi. Unga ko‘ra, katta ehtimol bilan jang joriy yilning 1 dekabr sanasida Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati, AQSh) “Steypls Tsentr” arenasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berali Boxingnews24 nashri. Avvaliga Uaylder va Fyuri to‘qnashuvi Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSh) tashkil qilinishi aytilgan edi, ammo rejalar o‘zgardi.
Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni Fyuri chempionlik kamariga sobiq da’vogar Franchesko Pyanetani mag‘lub qilgan edi. Uaylder esa so‘nggi marta ringga shu yilning mart oyida ko‘tarilib, Luis Ortisni nokautga uchratgan.
Fikrlar