Usmon Dembele kelajagi borasida o‘z qarorini e’lon qildi

  • 08.08.2018 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik hujumchi Usman Dembele o‘zining "Barselona"ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.

“Men “Barselona”da qolaman va Ispaniya Superkubogida maydonga tushishga tayyorman”, - deydi 21 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dembele 100 million evro evaziga Londonning “Arsenal” klubiga ko‘chib o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Dembele “Barselona” safiga o‘tgan yoz Dortmundning “Borussiya” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U ushbu davr mobaynida jami 24ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!