
Vagiz Galiulin Italiyaga ketadi
"Hozir uyimda, Qozondaman. Hozircha, qo‘ltiq tayoqda yuribman. Finlyandiyada o‘tgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. 26 avgust reabilitatsiya jarayoni uchun Italiyaga uchib ketaman.
Maydonga esa qishki tanaffus vaqtida qaytishim mumkin. Aynan qishki yig‘inlarda mashg‘ulotlarni boshlayman", - deb Galiulinning so‘zlarini keltirib o‘tdi Championat.com.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchimiz Rossiya Milliy Futbol ligasi 3-turida "Nijniy Novgorod"ga qarshi bellashuvda chap oyog‘idan jarohat olib maydonni tark etgan edi.
Fikrlar