
Valverde "Oltin to‘p" nomzodlari orasida Messining 5-o‘rinda qayd etilgani haqida o‘z fikrini bildirdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa hujumchisi Lionel Messining bu yilgi “Oltin to‘p” mukofoti nomzodlari orasida beshinchi o‘rinda qayd etilgani bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu mukofotni muhokama qilishni xohlamayman. Bu boradagi tanlovni tashkilotchilarning o‘zlari tushuntirib berishsin. Modrichni tabriklayman, ammo Messining 5-o‘rinda qayd etilgan bu – be’manilik”, - deydi Valverde.
Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyatida ikkinchi bor “Oltin to‘p” nomzodlari orasida kuchli uchlikka kira olmadi. U ushbu sovrinni besh marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar