
Varan ertaga "Barselona"ga qarshi o‘ynay oladi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Rafael Varan ertaga La Liganing 26-turidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi muhim uchrashuvda jamoasiga yordam bera oladi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan Ispaniya kubogi yarim final javob bahsidan so‘ng frantsiyalik futbolchining navbatdagi klasikoda ishtirok etishi so‘roq ostida qolayotgan edi. Shu kuni 25 yoshli Varan tizzasidan jarohat olgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Varan bugun jamoaning umumiy guruhi bilan birga shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Barselona” o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:45da start oladi.
Fikrlar