Vermalen so‘nggi 12 yilda 24-marta jarohat oldi

  • 18 fevral, 2019, 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Tomas Vermalen yana jarohat oldi va u "Lion"ga qarshi bo‘ladigan UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Tecno

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli belgiyalik futbolchi o‘ng oyoq mushaklaridan shikastlangan. Qayd etish lozimki u so‘nggi 12 yil davomida 24-marta jarohat oldi.

Ma’lumot uchun, Vermalen joriy mavsum 11ta o‘yinda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, “Lion” – “Barselona” uchrashuvi 19 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
18/02/2019 10:08
бу бола одам бўмайди